Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Axborot xizmatining xabariga ko`ra, Prezident maktablari 11-sinf o`quvchilarining ko`pchiligi xorijiy oliy ta`lim muassasalarida ta`lim olish uchun hujjat topshirishgan. Ularning aksariyati yuqori ko`rsatkichlarga erishib, bir necha oliy o`quv yurtidan taklif olishdi.
Ma`lum qilinishicha, o`quvchilarga jami 3 351 556 dollarlik grant takliflari berildi. Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlarida joylashgan Prezident maktablarining 49 nafar o`quvchisi bu takliflarni AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya kabi ta`lim borasida etakchi davlatlar oliy ta`lim muassasalaridan olishgan.






