Toshkent shahrida fuqaroni “Bunyodkor” stadionining qo`riqlash xizmatiga ishga joylashtirib qo`yishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va DXX tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.U. va M.X.lar oldindan til biriktirib, fuqaro A.ning ishonchiga kirishib, uni tanishlari orqali Chilonzor tumanida joylashgan “Bunyodkor” stadionining qo`riqlash xizmatiga ishga joylashtirib qo`yish evaziga 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan X.U. va M.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






