Shavkat Mirziyoev 19 fevral kuni Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasida aholini koronavirusga qarshi emlash masalasi haqida gapirdi.
“Mana, emlash to`g`risida ko`p-ko`p gaplar bo`lyapti. Albatta, biz ham Evropa, Xitoy, Rossiyadagi hamkorlarimiz bilan vaksina bo`yicha ishlayapmiz. Hamkorlik qilib, albatta, olib kelamiz.
Emlash choralarini, albatta, ko`ryapmiz. Uni ham shoshilib qilish mumkin emas. Men hozir o`zim har haftada 2-3 kun o`tiraman: qaysi vaksina eng ma`quli? 3 trillion pulni zaxira qilib qo`yganmiz.
Uning (vaksinaning) eng ma`qulini topamiz. Bizning iqlimimizga mos, xalqimizga foydasi ko`proq bo`ladigan vaksinani sotib olamiz. Etti marta emas, ota-bobomiz aytganidek, o`n marta o`lchab, bir marta kesamiz. Xalqimizning salomatligini o`ylash men uchun eng katta masalalardan biri.
Sinovlarni o`tkazyapmiz. Qaysi sinov ma`qul bo`lsa, pulidan qat`i nazar, xalqimizga kerakli miqdorda bu vaksinani albatta etkazib olib kelamiz”, – dedi Shavkat Mirziyoev.






