AsosiyJamiyat

Chet eldagi O`zbekiston fuqarolarining prezidentlik saylovida qatnashish tartibi haqida ma`lumot berildi

'Chet eldagi O`zbekiston fuqarolarining prezidentlik saylovida qatnashish tartibi haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

O`zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuziladi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva AOKAda bo`lib o`tgan brifingda maslam qildi.

Adliya vazirligi vakiliga ko`ra, O`zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuziladi. Saylov uchastkalaridagi saylovchilarning ro`yxati diplomatik va boshqa vakolatxona boshliqlari tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlar asosida tuziladi. Tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar ro`yxati bilan tanishish usuli, joyi va vaqti to`g`risida xabardor qiladi.

Chet davlatlarda turgan fuqarolar o`zlarini saylovchilar ro`yxatiga kiritish to`g`risida saylovdan 15 kun oldin yozma shaklda O`zbekistonning diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalariga yoki Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin

O`zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan erdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha o`tkaziladi.

Boshqa yangiliklar