Islom Abdug`anievich Karimovning birinchi xos soqchilari boshlig`i bo`lgan 77 yoshli Jahongir Abirov Birinchi Prezident bilan bog`liq xotiralari bilan bo`lishdi.
— 1990 yili may oyi o`rtalari edi. Rustam Inoyatov menga qo`ng`iroq qildi va endi Surxondaryoga ishga ketasan, dedi. Borishdan oldin Prezident bilan ko`rishishim kerak edi. Ikki kundan keyin rahbarimiz telefon qildi. Georgiy Kraynov meni Islom Abdug`anievichning oldiga olib kirdi. U esa o`z jamoamizni shakllantirishimizni aytishdi.
Men "Surxondaryoga kim bilan borarkanman”, deb o`ylab tursam, aslida Prezident qo`riqlash xizmatini boshqarish topshirilgan ekan. Umuman kutilmaganda sodir bo`lgan bu tayinlov.Uni qachondan beri bilsam, u hech qachon ta`tilga chiqmagan. Ishga erta kelib, kech soat 10 da uyga qaytardi. Xalq bilan ko`rishganda ko`proq himoyalamoqchi bo`lardik, shunda u haddan ziyod tartib saqlayapsan, derdi.
Men "Islom Abdug`anievich, sizni xalq yaxshi ko`radi, xudo ko`rsatmasin, biror gap bo`lsa, mening ishim chatoq bo`ladi. Harbiy prokuror olib borib qamaydi. Men o`z vazifamni bajaryapman. Topshiriq – topshiriq, men sizga sodiqman. Boshingizdan bir tola sochingiz to`kilishini ham xohlamayman", derdim".
Mavzuga doir: