AsosiyJamiyat

700 nafardan ortiq o`zbekistonliklar Rossiyaning turli shaharlariga ishlash uchun jo`nab ketdi

'700 nafardan ortiq o`zbekistonliklar Rossiyaning turli shaharlariga ishlash uchun jo`nab ketdi'ning rasmi

So`nggi oylarda Rossiya Federasiyasining ko`plab ish beruvchi korxonalariga fuqarolarni tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish maqsadida ushbu korxonalar vakillari ishtirokida fuqarolar respublikamizning qator viloyatlarida tanlovdan o`tkazilib kelinmoqda.

Mazkur tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolar Rossiya hududiga kirish uchun ruxsatnomalar olingach, ushbu davlatda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo`nab ketmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ana shunday fuqarolardan 120 nafari "StroyKraft" MChJda ishlash uchun 19 fevral kuni Sankt-Peterburgga, 203 nafari “PSP” MChJda ishlash uchun Amurga, "PIK Industriya" AJ va "Texstroy" MChJda ishlash uchun esa Moskvaga 20 fevral kuni 219 nafari, 21 fevral kuni 220 nafari Toshkent xalqaro aeroportidan jo`nab ketdi.

Rossiyada ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizga aeroportda tegishli tushuntirishlar berilib, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatildi.

Yurtdoshlarimiz belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli ob`ektlarda ish boshlaydi.

    Boshqa yangiliklar