Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy Markazi Toshkent shahar filiali bir guruh xodimlarining muassasada yuz berayotgan salbiy holatlarga qonuniy baho berishni so`rab qilgan murojaati tarqaldi. Bosh prokuratura holat o`rganilgani haqida xabar berdi.
Aniqlanishicha, joriy yil 2 fevral kuni Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy Markazi Toshkent shahar filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.






