AsosiyJamiyat

Jizzaxda shifokor 1 million so`m evaziga “SOVID-19”ning o`rtacha og`ir kechishi tashxisi qo`yilgan “tibbiy hujjat” tayyorlab berdi

'Jizzaxda shifokor 1 million so`m evaziga “SOVID-19”ning o`rtacha og`ir kechishi tashxisi qo`yilgan “tibbiy hujjat” tayyorlab berdi'ning rasmi

Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax viloyati G`allaorol tumani tibbiyot birlashmasi shifokori A.U.ning qilmishini fosh etishdi. Bu haqda "Postda" xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, shifokor fuqaroning tashxis ma`lumotnomasini qalbakilashtirgan. A.U. tumanning «G`o`bdin» qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining janubiy kon boshqarmasiga qarashli Marjonbuloq konida ishlovchi A.G`.ga hech qaerda ro`yxatga olinmagan mehnatga layoqatsizlik varaqalariga “SOVID-19” infeksiyasi bilan kasallanishning o`rtacha og`ir kechishi tashxisi qo`yilgan “tibbiy hujjat”ni tirkab qo`ygan.

Tashxisni qalbakilashtirish evaziga shifokor 1 million so`m “haq” olgan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atildi.  

 

    Boshqa yangiliklar