Bu haqda Kadastr agentligi axborot xizmati ma`lum qildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Namangan viloyatiga tashrifi davomida Bunyodkor mahallasi aholisi bilan muloqot qilib va mavjud muammolar yuzasidan barcha tegishli davlat idoralariga topshiriqlar berganidan xabaringiz bor.
Kadastr agentligi va palata tomonidan Namanganda maxsus ishchi guruh shakllantirilib Bunyodkor mahallasida “Mahallabay” rejimida ishlar boshlab yuborildi.
Unga ko`ra kadastr xodimlari xonadonma-xonadon yurib aholining muammolarini o`rganishadi hamda uy-joylar va binolarni inventarizasiyadan o`tkazishadi.






