AsosiyJamiyat

Toshkentda marhumning yaqinlari tomonidan shifokorning kaltaklangani yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Toshkentda marhumning yaqinlari tomonidan shifokorning kaltaklangani yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Toshkentda vafot etgan bemorning yaqinlari shifokorni kaltaklagani haqida xabar berilgan edi.

Toshkent shahar IBBning ma`lum qilishicha, 2021 yil 18 fevral kuni taxminan soat 23:50 larda Yakkasaroy tumanidagi, I.Irgashev nomidagi 4-sonli shahar klinik shifoxonasidagi izolyator xonasida Tez tibbiy yordam bo`limi 3-sonli podstansiya shifokori 31 yoshli D.U. va feldsher 20 yoshli A. A.ga 28 yoshli F.M.  ikki tanishi bilan tan jarohati etkazishgan.

 Sodir etilgan jinoyatning sababi o`rganilganda, F.M. shifokorlarning o`z ishiga sovuqqonlik bilan yondashganligi sababli onasi D.N.ning o`limi yuz bergan degan fikrda bo`lganligi aniqlangan. Marhum D.N. yuqorida qayd etilgan kasalxonaga tez tibbiy yordam mashinasida klinik o`lim holatida olib kelingan.  

Voqea natijasida ikkala tibbiyot xodimlari turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. 

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar