AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Hindiston o'rtasidagi muntazam aviaqatnovlar tiklanadi

'O`zbekiston va Hindiston o'rtasidagi muntazam aviaqatnovlar tiklanadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi aviasiya ma`muriyati o`rtasida bo`lib o`tgan muzokaralarda ikki mamlakat o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri muntazam aviqatnovlarni “International Air Travel Bubble” Bitimi asosida amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Joriy yilning mart oyidan boshlab, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Toshkent – Dehli – Toshkent yo`nalishida to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlarni amalga oshirish boshlanadi.  

Parvozlar 5 mart sanasidan haftasiga ikki marotaba seshanba va juma kunlari bajarilishi ko`zda tutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar