"O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo`riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident qarori e`lon qilindi.
Hujjat bilan Milliy gvardiya qo`riqlash xizmati Milliy gvardiya Qo`riqlash bosh boshqarmasiga aylantirildi. Qo`riqlash bosh boshqarmasining shahodatlangan tarkibi Milliy gvardiya xodimlari hisoblanadi va maqomi bo`yicha ichki ishlar ishlar organlari xodimlariga tenglashtiriladi.
Shuningdek, qarorga ko`ra, 2021 yildan Qo`riqlash bosh boshqarmasi xodimlariga har oyda 20% "nadbavka" beriladi, bundan tashqari, lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffisentlari o`rtacha ikki baravargacha oshirilgan holda qo`llaniladi.
Hujjatda Milliy gvardiyasi Qo`riqlash bosh boshqarmasining funksiya va vazifalari belgilab berilgan.