1

Bulung`urdagi “Etimsoy qoyatosh suratlari” yuzasidan rasmiy munosabat berildi

Jamiyat 23.02.2021, 17:26
Teglar: Madaniyat vazirligi
Bulung`urdagi “Etimsoy qoyatosh suratlari” yuzasidan rasmiy munosabat berildi

Yaqinda Kun.uz nashri tomonidan "Bulung`urda neolit davriga oid suratli qoyatoshlar qurilish uchun ishlatilyapti" sarlavhali maqola chop etilgandi. 

Mazkur holat yuzasidan, joriy yilning 18 fevral kuni Samarqand viloyat Madaniy meros boshqarmasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining viloyat va tuman Kengashlari, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi Samarqand filiali, Ya.G`ulomov nomidagi Arxeologiya instituti, Bulung`ur tumani hokimiligi, tuman tabiatni muhofaza qilish tashkiloti va hududiy mahalla vakillari hamda faollari ishtirokida voqea joyiga chiqib o`rganildi.

O`rganish davomida, Bulung`ur tumani, “Bog`bon” mahallasi, Bot-bot qishlog`idagi (istisno tariqasida keyingi o`rinlarda “Etimsoy qoyatosh suratlari”) qoyatosh suratlari taxminiy hisobda Neolit davridan so`ngi o`rta asrlarga qadar oralig`idagi davrlarga tegishli bo`lgan qoyatosh suratlari topildi.

O`zbekiston Respublikasi “Madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi Qonunining 12-moddasi, uchinchi xatboshi bilan arxeologiya yodgorliklari topilgan paytidan e`tiboran aniqlangan moddiy madaniy meros ob`ektlari jumlasiga kiritiladi deb belgilab qo`yilgan.

Bugungi kunda ushbu qoyatosh suratlari yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi Samarqand filiali Yahyo G`ulomov nomidagi Arxeologiya institutining yakuniy xulosasi kutilmoqda.

Arxeologiya institutining yakuniy xulosasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlari milliy ro`yxatini tasdiqlash to`g`risida”gi 846-sonli qarorining 2-bandiga muvofiq, qonunchilikda belgilangan tartibda Etimsoy qoyatosh suratlarini Milliy ro`yxatiga kiritilishini ma`lum qilamiz.

Sharhlar

Madaniyat vazirligi Hamza uy-muzeyi xarobaga aylanishiga befarqmi?!

08.10.2020, 22:12

"Farg`ona haqiqati” gazetasining 2020 yil 16 sentyabrdagi № 71-sonida . “Hamza uy-muzeyi nega xarobaga aylandi?” tanqidiy maqola e`lon qilingan. Maqolada Farg`ona tumanining Avval qishlog`i, “Etti buloq”...
​KREMLDA O`ZBEKISTONNING MADANIYaT KUNLARIGA START BERILDI

12.09.2017, 16:20

12 sentyabr kuni Rossiyaning Kreml saroyida O`zbekistonning madaniyat kunlari ochildi. Tadbir ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlarning 25 yilligiga bag`ishlanadi. Tantanali marosimda RF madaniyat vaziri o`rinbosari Vladimir...
​Opera xonandasi Shirin Mamatovaga davlat tomonidan uy berildi

05.04.2017, 10:30

O`zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi, O`zbekiston Respublikasining "Davlat uy-joy fondini hususiylashtirish to`g`risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 27 yanvardagi "Xizmat turar joylari berish tartibi to`g`risidagi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1