Savdo-sanoat palatasiga murojaat qilgan tadbirkorlarning 91 foizi yakuniy xulosadan rozi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshlig`i Olim Murodov ma`lum qildi.
Koronavirus pandemiyasi e`lon qilingan sanadan boshlab, bugungi kunga qadar Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko`rib chiqish qabulxonalari orqali jami 60 000 dan ortiq tadbirkor murojaati kelib tushgan, ularning 6 961 (12,4% ) koronavirus pandemiyasiga aloqador murojaat hisoblanadi.
Murojaatlarning 2 651 tasi (38 %) kreditga foiz hisoblashni to`xtatish va muddatini uzaytirish;
- 1 867 tasi (27%) – bir hududdan ikkinchi hududga mahsulot yoki ishchilarni olib o`tish;
- 415 tasi (6%) – soliq to`lovlarini kechiktirish;
- 215 tasi (3%) – mahsulotga xaridor topish;
- 211 tasi (3%) – subsidiya va ssuda olish;
- 111 tasi (2%) – tadbirkorlik faoliyatiga kredit olish;
- 137 tasi (2 %) – huquqiy xulosa olish;
- 101 tasi (1,4 %) – bojxona (yuklarni olib kirish va chiqish);
- 88 tasi (1,2 %) – xom-ashyo topish;
- 56 tasi (0,8%) – lisenziya va ruxsatnoma;
- 46 tasi (0,7 %) – ijara to`lovini kechiktirish;
- 45 tasi (0,7%) – dezinfeksiya;
- 25 tasi (0,4%) – narx-navo oshganligi;
- 993 tasi (14,2 %) – boshqa masalalarga to`g`ri keladi.
Ko`rib chiqilgan 6 961 ta murojaatdan 5 022 tasi qanoatlantirilgan, 1 781 tasi tushuntirish berilgan,
158 tasi rad etilgan.
️Murojaatchilarning 91 foizi yakuniy xulosadan rozi, 9 foizi o`z e`tirozini bildirgan.






