AsosiyJamiyat

«TOEFL» toifasidagi xalqaro imtihonlar DTMda tashkillashtiriladi

'«TOEFL» toifasidagi xalqaro imtihonlar DTMda tashkillashtiriladi'ning rasmi

2021 yil 2-chorakda «TOEFL» toifasidagi xalqaro imtihonlar DTMda shartnoma asosida tashkillashtiriladi.

Bu haqda AOKAda Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi:

2021 yil yakuniga qadar chet tillaridan yangi formatdagi ko`p darajali test tizimini amaliyotga joriy etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur ko`p darajali test sinovi tizimi xalqaro ta`lim tizimi imtihonlariga mos kelishi bilan birgalikda CEFR shkalasining B1-B2-C1 darajalarini o`z ichiga olgan yagona formatga ega bo`ladi. Bunda barcha ko`nikmalarni baholay oladigan yangi baholash mezonlari ishlab chiqiladi.

2021 mart-aprel oylarida Davlat test markazi tomonidan akademik liseylarning ikkinchi bosqich o`quvchilari uchun to`rtinchi semestr davomida chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish bo`yicha test sinovlari bepul tarzda tashkil etiladi.

Test sinovidan muvafaqqiyatli o`tgan akademik lisey bitiruvchilariga davlat oliy ta`lim muassasalariga kirish imtihonlarida fanlar majmuasiga kiritilgan mos chet tili fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi sertifikat taqdim etiladi.

2021 yilning 2-choragidan halqaro ta`lim tashkiloti ETS (Educational Testing Service) tomonidan o`tkaziladigan «TOEFL ITP», «TOEIC», «TOEFL IBT» xalqaro imtihonlarini Davlat test markazida shartnoma asosida tashkillashtirish rejalashtirilmoqda».

    Boshqa yangiliklar