AsosiyJamiyat

Qamchiq dovonida 30 daqiqa ichida ikkita baxtsiz hodisa yuz berdi — FVV

'Qamchiq dovonida 30 daqiqa ichida ikkita baxtsiz hodisa yuz berdi — FVV'ning rasmi

Kuni kecha “Qamchiq” dovonida 30 daqiqa oralig`ida ikkita baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Ikkala holatda ham mashinalar xandaqqa tushib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari zudlik bilan haydovchilarga yordam berish uchun etib kelgan. Quvonarlisi, har ikkala holatda ham qurbonlar aniqlanmadi. Mazkur videoning ikkinchi qismida "Qamchiq" dovonida bugun, 24 fevral kuni tongda sodir bo`lgan vaziyat aks etgan. Unda tegishli xizmatlar tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning guvohi bo`lishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar