AsosiyJamiyat

Toshkentda fuqaro o`z turmush o`rtog`ini chuv tushirdi

'Toshkentda fuqaro o`z turmush o`rtog`ini chuv tushirdi'ning rasmi

20 yanvar kuni 45 yoshli Dilfuza U., ariza bilan murojaat qilib, unda o`zining shar`iy turmush o`rtog`i ustidan arz qilgan.

Fuqaroning ma`lum qilishicha, 43 yoshli Sherali U., uning ishonchiga kirib, 2012 yil 21 avgust kuni Samarqand shahar Buyuk Ipak Yo`li ko`chasida joylashgan xonadonlardan birini bank orqali yosh oilalarga beriladigan imtiyozli kredit asosida ukasi Dilshod U., ning nomiga sotib olib, keyinchalik ushbu xonadonni nomiga o`tkazib berishni va`da qilgan. 

Buning uchun esa undan xonadon uchun 2013 yildan 2017 yilning dekabr oyiga qadar 35.000 AQSh dollar miqdoridagi pulni olgan. Keyinchalik xonadon uchun kredit to`lovlari to`liq so`ndirilib, uni esa ushbu xonadondan chiqartirib yuborish uchun fuqarolik ishlari bo`yicha shahar sudi tomonidan qaror chiqarilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. 

    Boshqa yangiliklar