“shovvozlar”ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan AT “Xalq banki” Chilonzor filiali murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning xizmat ko`rsatish qurilmalari bilan ishlash bo`yicha bosh mutaxassisi J.M. va boshqalar oldindan til biriktirib, filialning tumandagi 18 ta bankomatlaridan 7 oy davomida jami 2,3 mlrd so`m naqd pulni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan J.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






