O`zbekistonda shu paytga qadar 254 nafar ko`ngilli koronavirusga qarshi vaksinasiyaning 3-klinik sinov bosqichi doirasida 3-doza vaksina bilan emlandi
24.02.2021 y. holatiga O`zbekistonda Xitoyning koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksina sinovida ishtirok etish uchun umumiy tashrif buyurganlar - 14342 nafarni tashkil etdi. Ulardan 6835 nafar ko`ngilli vaksinaning 1-dozasi, 4064 nafar ko`ngilli vaksinaning 2-dozasi va 254 nafar ko`ngilli 3-doza bilan emlandi.
️Ayni damda O`zbekistonda COVID-19 ga qarshi emlash bo`yicha xalqaro tadqiqot o`tkazilmoqda. Xitoyning ZF 2001 vaksinasi tadqiqotlari O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan ma`qullandi.
Vaksinasiyadan keyin turmush tarzi o`zgarmaydi. O`qish, ish va odatiy hayot tarzini xotirjam davom ettirish mumkin.
Vaksina kuchli nojo`ya ta`sirlarni keltirib chiqarmaydi.






