AsosiyJamiyat

“Taxtaqoracha” dovoni barcha rusumdagi transportlar harakati uchun ochildi

'“Taxtaqoracha” dovoni barcha rusumdagi transportlar harakati uchun ochildi'ning rasmi

Ob-havo sabab turli ko`ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog`lovchi “Taxtaqoracha” dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to`xtatilganligi haqida xabar  bergan edik.

️TIchki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining xabariga ko`ra, tegishli choralar ko`rilib, avtomobil yo`li qordan tozalangan.  

️Ayni daqiqalardan boshlab dovonda barcha rusumdagi transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsat berilgan.

️Barcha haydovchilardan etarlicha past tezlikda, oraliq masofani saqlab harakatlanishlari so`ralmoqda.

Eslatib o`tamiz, kecha «Qamchiq»da  yuk transport vositalari uchun dovon yo`lida harakatlanishga ruxsat etildi.

 

    Boshqa yangiliklar