Bu haqda AOKAda bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida tuman hokimi Hayot Inog`omov ma`lum qildi:
«Yangihayot tumanida 2021-2023 yillarda umumiy qiymati 8,1 trln so`m bo`lgan jami 54 ta investisiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar doirasida 14 077 ta yangi ish o`rni ochiladi.
Shuningdek, «2021–2023 yillarda Yangihayot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi» va 993 mlrd so`mlik loyiha ishlab chiqilgan bo`lib, bunda Yangihayot tumanining ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda zamonaviy 78 ta ob`ekt qurish chora-tadbirlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Tumanda 30 yoshgacha bo`lgan aholi soni — 54 234 nafar. Shundan, 18-30 yosh toifasidagi yoshlarlar 22 610 nafar. Xatlov natijalariga ko`ra, tumanda 1311 ta oila «temir daftar»ga, 1393 nafar xotin-qiz «ayollar daftari»ga, 1689 ta fuqaro «yoshlar daftari» ro`yxatlariga kiritilgan.
Ushbu ro`yxatlarni qisqartirish masalasiga alohida e`tibor qaratilib, «yo`l xarita»lari ishlab chiqilgan. Xususan, 2021 yilning o`tgan davri mobaynida «yoshlar daftar» ro`yxatiga kiritilgan 480 nafar yoshlarning bandligi ta`minlandi», - deydi tuman hokimi.






