Internet ijtimoiy tarmoqlarida voyaga etmagan shaxsni bir necha kishini urganlik holati aks ettirilgan videolar tarqalmoqda.
Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining bayonotiga ko`ra, videoda joriy yil 21 fevral kuni fuqaro B.P farzandi N.K bilan birgalikda Farg`ona shahar Quruvchilar ko`chasida yashovchi voyaga etmagan X.Sh. ni o`zaro kelishmovchilik sababli urib, tepib tan jarohati etkazishganligi aks etgan.
Ushbu holat yuzasidan Farg`ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv yuzasidan to`plangan materiallar Farg`ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining ish yurituviga qabul qilinib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mazkur holat viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinganligi, tekshiruv harakatlari yakuniga ko`ra, qo`shimcha xabar berilishi aytilmoqda.
25.02.2021 09:59
Farg`onada maktab o`quvchini do`pposlagan ota-bola tergov qilinmoqda






