AsosiyJamiyat

Mehnat shartnomasidagi huquqlaringiz buzilsa, qanday qonuniy harakat qilish mumkin?

'Mehnat shartnomasidagi huquqlaringiz buzilsa, qanday qonuniy harakat qilish mumkin?'ning rasmi

"Darakchi" tahririyatiga Buxoro shahrida yashovchi fuqaro R.Kamolovadan murojaat kelib tushdi:

— Hujjatga ko`ra, ish vaqtimiz 8:00 dan 17:00 gacha. Biroq kechki soat 21:00 gacha ishlatishadi. Ammo buning uchun qo`shimcha haq to`lanmaydi. Mehnat shartnomasi­dagi huquqlarim buzilayotgani yuzasidan qanday qonuniy harakat qila olaman?

Fuqaroning murojaatiga javob olish maqsadida Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudi raisi o`rinbosari Ahror SULAYMONOV bilan bog`landik...

— Qonunga aso­san, 6 kunlik ish haftasida har kun­gi ishning muddati 7 soatdan, 5 kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lo­zim. Ish vaqtidan tashqari ishlar xo­dimning roziligi bilan qo`llanishi mumkin.

Demak, ushbu vaziyatda, agar sizning roziligingiz olinmay, ish vaqtidan tashqari ishlar qo`llanilayotgan bo`lsa, haqiqatdan ham mehnat huquqlaringiz buzilayotgan hisoblanadi. Bunday holatda mehnat huquqlaringizni himoya qilishni so`rab, mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar (shahar Bandlik bosh boshqarmasi Dav­lat mehnat huquq inspeksiyasi, shahar prokuraturasi)ga, shuningdek, FIB sudga murojaat qilish huquqingiz mavjud.

    Boshqa yangiliklar