2021 yil 23 fevral kuni fuqaro Q.Sh. “Lasetti-2” avtomashinasini Vodil-Farg`ona avtomobil yo`lining 7 km.da boshqarib ketayotib, o`zi bilan bir yo`nalishda harakatlanayotgan haydovchi S.I. boshqaruvidagi “Matiz” avtomashinasi bilan to`qnashib ketgan.Natijada “Matiz” avtomashinasida uchqun chiqib yong`in sodir bo`lishi oqibatida, avtomashinada bo`lgan yo`lovchi Q.T. ismli ayol hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, “Matiz” yo`lovchisi J.M. ismli ayol shifoxonada vafot etgan.Haydovchilar Q.Sh. va S.I.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg`ona tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, “Lasetti-2” avtomashina haydovchisi Q.Sh. prosessual tartibda ushlangan.
Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga amal qilinmasa, ko`ngilsiz holatlar sodir bo`lishi mumkinligini unutmang!






