AsosiyJamiyat

Pandemiya sabab ish joyiga qayta olmayotgan 48 nafar o`zbekistonlik Janubiy Koreyaga jo`nab ketdi

'Pandemiya sabab ish joyiga qayta olmayotgan 48 nafar o`zbekistonlik Janubiy Koreyaga jo`nab ketdi'ning rasmi

Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat ta`tili olib O`zbekistonga kelgan ko`plab fuqarolar pandemiya sababli ish joyiga qaytib keta olmayotgan edi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu fuqarolarning mazkur davlatdagi o`z ish joylariga yuborishga ko`maklashilmoqda.

Ana shunday fuqarolardan 48 nafari Toshkent xalqaro aeroportidan Koreya Respublikasiga uchib ketdi. Bu haqda migrasiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi. 

Ta`kidlash lozim, pandemiya davrida Koreya Respublikasiga kirib borish uchun karantin joyi tasdiqlangan va ruxsat berilgan fuqarolargina ushbu davlatdagi ish joyiga qaytib bormoqda.

 

Eslatib o`tamiz, joriy yilda ana shunday fuqarolardan 14 yanvarda 3 nafari, 20 yanvarda 2 nafari, 29 yanvarda 9 nafari, 3 fevralda 6 nafari, 11 fevralda (https://t.me/migratsiyaagentligi/1738) 23 nafari, 17 fevralda (https://t.me/migratsiyaagentligi/1799) 10 nafari jo`nab ketgan edi.

    Boshqa yangiliklar