2021 yilning 24 fevral kuni soat 17:20 larda 19 yoshli Bexro`z O., Qo`qon shahri Muqimiy shaharchasida joylashgan ko`p qavatli uylar oldida tanishi voyaga etmagan 16 yoshli A`zam A., bilan bir-birini haqorat qilishlari oqibatida A`zam A.,ning ko`krak sohasiga “finka pichog`i” bilan urib tan jarohati etkazgan. Natijada A`zam A., shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.
Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Bexro`z O.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.






