Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi fuqaro G.G`ofurova tomonidan O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga murojaat kelib tushgan.
Unda iste`molchi, Chortoq tuman MIB inspektoriga elektr energiyasi uchun to`langan 1 000 000 (bir million) so`m mablag` to`lagan. Biroq, to`langan mablag` abonent raqamiga kirim bo`lmagani, bir necha marotaba murojaat qilsada, turli bahonalar orqali masalaga echim topilmagani aytib o`tilgan.
Mazkur murojaat Federasiyaning Chortoq tuman jamiyati tomonidan o`rganilishi natijasida 1 000 000 (bir million) so`m mablag` iste`molchi foydasiga undirib berildi.
Yana bir murojaat Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanida istiqomad qiluvchi fuqaro M.Abdurahmonov tomonidan kelgan bo`lib, unda iste`molchi, To`raqo`rg`on tumanidagi do`konlarning biridan qiymati 1 380 000 (bir million uch yuz sakson ming so`m) ga “SAMSUNG-32” rusumli televizor xarid qiladi. Biroz o`tib esa, televizorda nosozliklar yuzaga keladi. Shundan so`ng televizorni sotuvchining oldiga olib boradi va uni tuzatib yoki boshqasiga almashtirib berishlarini so`raydi. Tadbirkor esa turli bahonalar bilan televizorni almashtirib berishdan bosh tortgani haqida aytib o`tgan.
Mazkur murojaat, Federasiyaning To`raqo`rg`on tuman jamiyati tomonidan o`rganilishi natijasida televizor sifatli ta`mirlab berilishiga erishildi.






