2021 yilning 27 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg`iz Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.
Xabarda ma`lum qilinishicha, uchrashuv va muzokaralar chog`ida O`zbekiston – Qirg`iziston munosabatlarining asosiy jihatlari, siyosiy-diplomatik, chegara, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish hamda chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Ta`kidlanishicha, tashrif doirasida Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasidagi hamkorlikning ijobiy sur`atlarini yanada jadallashtirish, mintaqaviy va mintaqalararo darajalarda infratuzilmaviy hamda transport-kommunikasiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashiniladi.






