Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlarining Oliy Majlis Senati a`zosi saylovi bo`yicha qo`shma majlisda yashirin ovoz berish jarayoni yakunlandi.
Sanoq komissiyasining hisobotiga ko`ra,, 6—Serob saylov okrugidan deputat, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Oliy Majlis Senati a`zosi etib saylangan.
Deputatlar ovoz berish natijalarini tasdiqlagan.
—Senatorlik juda yuksak maqom. Ushbu maqom egasiga qo`shimcha mas`uliyat yuklaydi. Bugun menga bildirilgan ishonchni oqlash, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish uchun bor kuchimni sarflayman, — dedi Shavkatjon Abdurazzaqov.






