Sinoptiklarning ma`lumotlariga ko`ra, bugundan boshlab sovuq havo massalari respublikamiz hududidan chiqishni boshlaydi. Uning o`rniga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massalari kirib kelmoqda.
Dam olish kunlari havoning ilishi davom etadi. Yakshanba kuniga kelib, kechasi 3-5° sovuqgacha kuchsizlanadi, kunduz kunlari esa 7-12° iliqgacha ko`tariladi. Ammo bu fevral oyining oxiridagi iqlimiy me`yorlardan biroz pastroqdir.
Respublika hududining ko`p qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida va respublikaning tog`li hududlarida ba`zi joylarda biroz qor yog`adi.
O`zbekistonning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.
28 FEVRAL-3 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 1 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 8-13° iliq; 2 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 3 martda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq; 1 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 2 martda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 10-15° iliq; 3 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 7-12° iliq; 1-2 martda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 10-15° iliq; 3 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 7-12° iliq; 1 martda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 12-17° iliq; 2 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 3 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 1 martda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 2 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 3 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28 fevralda 8-13° sovuq, 1-3 martda 0-5° sovuq bo`ladi, kunduzi 3° sovuq-2° iliqdan 3-8° iliqgacha o`zgarib turadi.






