Xorazm viloyatidagi yashash uylarining birida yong`in sodir bo`ldi.
Bugun, 2021 yilning 26 fevral kuni soat 09:40da Xorazm viloyati Xonqa tumani “Gulg`uncha” MFYdagi uylarning birida yong`in yuzaga kelgan. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Yong`in oqibatida avval uyning 120 kv.m. maydonida tom qismi, shifti va uy-jihozlari keyinchalik esa qo`shni uyning tom qismi, ya`ni 50 kv.m. maydoniga zarar etgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong`in-qutqaruv guruhi voqea joyiga etib borgan. Yong`in 10:28da o`rab olinib, 11:20da to`liq bartaraf etilgan. Jabrlangan va holok bo`lganlar yo`q. Shuningdek, qutqaruvchilarning sa`y-harakatlari natijasida uylarning 450 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
Hozirda yong`in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.






