AsosiyJamiyat

O`zbekiston hududidan dinozavrlarning fanga noma'lum turi topildi. U ikki qavatli avtobusdan ikki barobar katta bo`lgan

'O`zbekiston hududidan dinozavrlarning fanga noma'lum turi topildi. U ikki qavatli avtobusdan ikki barobar katta bo`lgan'ning rasmi

 O`zbekistonda qazib olingan quyruq suyaklaridan yangi dinozavr aniqlandi. Dzharatitanis kingi nomini olgan ushbu dinozavrning uzunligi salkam 20 metrni tashkil etgan va u diplodok — sayyorada yashagan eng katta jonzotning qarindoshi hisoblanadi.

D. kingi 100 million yil oldin Osiyo qit`asining eng g`arbiy qismida joylashgan qirg`oq tekisligida yashagan. Ushbu jonzotning dumiga o`xshash qamchi va uzun bo`yni, uning ishtahasini qondirish uchun daraxtlar tepasidan ozuqa olishga imkon bergan.

Dinozavrga tegishli bo`lgan dum suyagi Qizilqum cho`lidagi “dinozavrlar qabristoni” deb ataluvchi makondan xalqaro arxeologlar jamoasi tomonidan qazib olingan. Tadqiqotchilarning so`zlariga ko`ra, bu erdan umurtqali hayvonlarning “asosan parchalangan, ammo ko`pincha ajoyib holatda saqlanib qolgan skelet qoldiqlari” topilgan.

Topilma nafaqat yangi tur, balki rebbaxizavridlar oilasidagi yangi turkum mavjudligini bildiradi. Rebbaxizavridlar — Er yuzida hozirga qadar yashagan eng yirik jonzotlar hisoblanadi. Rebbaxizavridlarning barcha qoldiqlari Janubiy Amerikaning janubiy qismidan shimoli-sharqiy qismiga qadar va Afrikaning shimoli-g`arbidan Evropagacha bo`lgan ingichka qismidan topilgan, biroq Osiyoda unga hech qachon duch kelinmagan.

Boshqa yangiliklar