AsosiyJamiyat

Bir qator hokimliklar yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari bir pog`onaga pasaytirildi

'Bir qator hokimliklar yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari bir pog`onaga pasaytirildi'ning rasmi

Yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari bir pog`onaga pasaytirildi. Bu haqda Adliya vazirli Matbuot kotibi Sevara O`rinboeva xabar berdi.

O`rinboevaga ko`ra, ayrim hokimliklar yuridik xizmat xodimlari tomonidan o`z majburiyatlari va funksiyalari zarur darajada bajarilmaganligi oqibatida hokimliklarni huquqiy ta`minlash talab darajasida ta`minlanmaganligi bir qator jiddiy xato va kamchiliklar kelib chiqishiga sabab bo`lmoqda.

Adliya organlari tomonidan hokimliklarning yuridik xizmatlari faoliyati o`rganilganda:

  • ayrim hokimliklarning yuridik xizmat xodimlari xizmat majburiyatlarini o`z vaqtida va sifatli bajarmayotganligi; 
  • hokimliklar tomonidan qabul qilingan qarorlar va farmoyishlarning prokuratura, sud, adliya va boshqa organlarning ta`sir choralari asosida bekor bo`layotganligi;
  • yuridik xizmat xodimlari ustidan ko`plab shikoyatlar kelib tushayotganligi;
  • xizmat vazifalarini muntazam ravishda etarlicha bajarmaslik odat tusiga aylanib borayotganligi aniqlandi.

Bu kabi aniqlangan tizimli kamchiliklarga yo`l qo`ygan, zimmasiga yuklangan funksiyalarni o`z vaqtida va muntazam ravishda lozim darajada bajarmayotgan hokimliklarning 12 nafar yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari bir pog`onaga pasaytirildi.

Boshqa yangiliklar