1

Oliy Majlis va Bundestagning “Germaniya-Markaziy Osiyo” parlament guruhi bilan onlayn brifingi bo`lib o`tdi

Jamiyat 27.02.2021, 00:56
Teglar: Senat
Oliy Majlis va Bundestagning “Germaniya-Markaziy Osiyo” parlament guruhi bilan onlayn brifingi bo`lib o`tdi

Joriy yilning 25 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bundestagning “Germaniya-Markaziy Osiyo” parlament guruhi bilan onlayn brifingi bo`lib o`tdi.

Unda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev, Bundestagning “Germaniya – Markaziy Osiyo” parlament guruhi raisi Manfred Grund va guruh rayosati a`zolari, Federal hukumat, GFR Ichki ishlar vazirligi vakillari, O`zbekiston parlamenti palatalari a`zolari ishtirok etdi.

Brifingda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy islohotlar, koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiyotni, shuningdek aholini qo`llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta`minlash, tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash to`g`risida axborot berildi. Shuningdek, O`zbekiston parlamentining karantin sharoitidagi faoliyati ham ko`rib chiqildi.

Bundestag “Germaniya – Markaziy Osiyo” parlament guruhi raisi Manfred Grund mamlakat iqtisodiyoti sohasida, shuningdek, inson huquqlari va gender tenglikni ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

U O`zbekistonda SOVID-19 pandemiyasiga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

M. Grund GFR parlamenti O`zbekiston va GFR o`rtasidagi parlamentlararo aloqalarni kengaytirishga katta ahamiyat berishini ta`kidladi. Uning so`zlariga ko`ra, so`nggi yillarda O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi munosabatlar mustahkam hamkorlik darajasiga ko`tarilib, bu ikki tomonlama o`zaro munosabatlarning barcha sohalarida, avvalo, parlamentlararo aloqalarda aniq mazmun bilan boyitildi.

M. Grund iqtisodiy va siyosiy nuqtai nazardan qiziqishini bildirar ekan, O`zbekiston GFR uchun Markaziy Osiyodagi muhim iqtisodiy hamkor, iqtisodiy o`zaro hamkorlik saqlanib qolgan yagona mamlakat ekanini ta`kidladi. Ishtirokchilar asosiy e`tiborni xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda, BMT doirasidagi o`zaro aloqalarni davom ettirishga qaratdilar.

Bundan tashqari, BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida Prezidentimiz tomonidan bildirilgan O`zbekiston tashabbuslarini amalga oshirishda mamlakatimiz germaniyalik hamkasblari bilan o`zaro hamkorlik qilishdan manfaatdorligi bildirildi.

Brifingda O`zbekiston-Germaniya savdo-iqtisodiy hamkorligini, shuningdek, turizm, sog`liqni saqlash va ta`lim sohalarini kengaytirish, Germaniya investisiyalari va zamonaviy texnologiyalarini O`zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish, to`g`ridan-to`g`ri ta`sir ko`rsatadigan qonunlar qabul qilish, byudjet siyosatida parlament nazoratini amalga oshirish bo`yicha tajriba o`rganish va almashish masalalari ko`rib chiqildi.

Tadbir yakunlari bo`yicha tomonlar parlamentlar o`rtasida tizimli muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Sharhlar

⚡️Jahongir Ortiqxo`jaevning senatorlik vakolati ham tugatildi

31.01.2023, 10:22

Jahongir Ortiqxo`jaevni Oliy Majlisi Senati a`zolari ro`yxatidan chiqarish to`g`risida Markaziy saylov komissiyasining qarori e`lon qilindi.Unga ko`ra, Toshkent shahridan saylangan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi...
O`zbekistonda go`daklar o`limi ko`paygan — Senat

29.09.2022, 09:18

Oliy Majlis Senati Kengashi majlisida Reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o`rganish masalasi muhokama qilindi, deya xabar bermoqda...
Jo`qorg`i Kenges raisi Amanbay Orinbaev Senat raisiga o`rinbosar etib saylandi

13.09.2022, 10:47

Bugun,13 sentyabr kuni, Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`ttiz ikkinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Bu haqda Senat axborot xizmati...
"Senat „adi-badi“ aytishib o`tiradigan joy emas". Behzod Musaev va Akmal Burxonov o`rtasida debat bo`lib ketdi. Senat raisi bahsga aralashdi (video)

05.08.2022, 12:03

Senatning 29-yalpi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov O`zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risidagi milliy ma`ruzasi bahs-munozaraga aylanib ketdi.Agentlik rahbarining so`zlariga ko`ra, korrupsiyaga oid...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1