Bugun Evroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi binosida O`zbekiston elchisi Botirjon Asadov Evropa Ittifoqi Kengashi Raisi Mixail Myasnikovich bilan uchrashdi, deb xabar beradi "Dunyo" IA muxbiri.
Botirjon Asadov Elchixonaning Evrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan hamkorlik bo`yicha yangi tayinlangan maslahatchisi va shu bilan birga O`zbekistonning EIKdagi vakili Shuhrat Shukurovni tanishtirdi.
Shuhrat Shukurov Moskva iqtisodiyot va statistika instituti va O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, davlat xizmatida 27 yillik tajribaga ega. Hozirgi lavozimga tayinlanishidan oldin u O`zbekiston iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o`rinbosari bo`lib ishlagan.






