Ayni kunlarda Toshkent viloyatining barcha tuman-shaharlarida «Zarbdor» tezkor-profilaktik oyligi yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, oylik doirasida Toshkent tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv-surishtiruv ishlari davomida qidiruvdagi shaxs ushlandi, deya xabar qildi Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati.
25 fevral kuni tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv-qidiruv ishlari davomida, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo`lgan – Toshkent shahrida yashovchi 1963 yilda tug`ilgan Z.M. qo`lga olingan. Ehtiyot chorasi sifatida qamoq tanlangan.






