AsosiyJinoyat

Toshkent viloyat PPX xodimlari 20 daqiqada bozordagi o`g`ri ayolni ushladi

'Toshkent viloyat PPX xodimlari 20 daqiqada bozordagi o`g`ri ayolni ushladi'ning rasmi

Toshkent viloyati Angren shahrida o`tkazilayotgan «zarbdor oyligi» doirasida markaziy bozorda sodir etilgan o`g`irlik tezkorlik bilan fosh etildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Kecha, Angren dehqon bozorida xizmat olib borayotgan 2-mintaqaviy markaz PPX xodimlariga bozorda savdo qiluvchi tadbirkor ayol murojaat qilgan. Noma`lum ayol do`konidan bir nechta turdagi (ayollar buyumlarini) kosmetika vositalarini yashirincha olib, noma`lum tomonga ketib qolganini va unga nisbatan qonuniy chora qo`rishni so`ragan.

Shu vaqtning o`zida PPX xodimlari tomonidan do`kondagi kuzatuv kameralari o`rganilgan va ko`rilgan choralar natijasida gumonlangan ayol 20 daqiqada qo`lga olingan.

Dastlab, u o`zini Navoiy viloyatida yashovchi «Dilnavoz» deb tanishtirgan. surishtiruv davomida esa  – Samarqand viloyatida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan Shoira E. ekanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tegish chora ko`rish uchun sohaviy xizmatlarga yo`naltirilgan.

    Boshqa yangiliklar