Xorazm viloyat hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Xiva shahridagi yangi qurilayotgan mehmonxonalarning hozirgi kundagi holatini o`rgandi. Bu haqda Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Xiva shahrida joylashgan "Laxisam " MChJ, "Shahrisabz Sayohat" MChJ, "Aqua Park Okean" OK, "Xiva Shaxrizoda" MChJ, "Pearl Khiva" UK, "Sultan Palas Hotel" MChJ, "Maqsudbek" XTChF larga qarashli mehmonxonalarda hozirgi kunda qurilish ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu mehmonxonalar ishga tushirilishi natijasida 303 xona, 600 o`rin va 157 ta yangi ish o`rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek 2021 yil yakunigacha Xiva shahrida jami 20 ta mehmonxonalar ishga tushirilishi, natijasida 403 xona, 823 o`rin hamda 214 ta yangi ish o`rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.






