26 fevral kuni AOKAda Mudofaa vazirligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida muddatli harbiy xizmatga ketuvchilar koronavirusga qarshi emlanish-emlanmasligiga aniqlik kiritildi.
«Hozirgacha faqat muddatli harbiy xizmatga ketuvchilarda koronavirusni aniqlash uchun test sinovidan o`tkazish, tekshirish amalga oshiriladi. Ularni vaksinalar bilan emlash hali yo`lga qo`yilgani yo`q», — deb javob bergan o`smirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi vakili.
Uning aytishicha, agar muddatli harbiy xizmatga ketuvchilar tekshiruvdan o`tkazilganda ularda test natijalari manfiy bo`lsa, harbiy xizmatga qo`yiladi. Ammo vaksina bilan emlanmaydi.






