2021 yilning 24 yanvar kuni 22 yoshli Xusniddin Q., firibgarlik yo`li bilan o`zganing mulkini qo`lga kiritish maqsadida, Oltiariq tumani Uzumchi MFY.,da yashovchi 27 yoshli A`zamjon A., dan 9.900 kg sement mahsulotlarini qimmatroq narxda sotib olishini aytgan. Shu yo`l orqali uning ishonchiga kirib jami narxi 9.000.000 so`mlik 9.900 kg. sement mahsulotlarini aldov yo`li bilan qo`lga kiritib, bergan va`dasini bajarmagan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Xusniddin Q., A`zamjon A., ni qurilish mollari oldi-sotdisi bilan shug`ullanishidan xabar topib, “Telegram” messenjeri orqali xaridor sifatida, ushbu sement mahsulotlarini u aytgan savdo do`koniga etkazib berishini so`rab qo`lga kiritgach o`zga shaxslarga sotib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Xusniddin Q.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «B» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.
Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo`lmagan insonlarga o`z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to`riga tushmaslik o`z qo`lingizda.






