AsosiyJinoyat

Toshkentda sevgan qiziga narsa olib berish uchun telefon o`g`irlagan yigit ushlandi

'Toshkentda sevgan qiziga narsa olib berish uchun telefon o`g`irlagan yigit ushlandi'ning rasmi

Toshkentda o`tkazilgan tungi reyd davomida o`zga shaxsning telefonini o`g`irlab ketayotgan shaxs Patrul post xizmati vakillari ishtirokida qo`lga olindi. Bu haqda  "Toshkent" telekanalida  xabar qilinmoqda.

M.B. tanishi bilan bozorga savdo qilgani tushganda ularning yoniga noma`lum yigit kelib qo`ng`iroq qilib olish uchun telefonini so`ragan.

"Telefonni berdim. U telefonda chaqirgan do`sti yo`lning narigi tarafida kelayotganini aytib o`sha tomoniga o`tib ketdi. U bola bir daqiqaga yaqin telefonda gaplashib turdida, birdaniga qochib qoldi.

Uning orqasidan quvlab ketayotib, PPX xodimlarini ko`rdim. Ularga qochib ketayotgan bolani tutishlarini so`radim. O`g`rini ular bilan birga ushladik", – deydi jabrlanuvchi.

    Boshqa yangiliklar