39 yoshli Abdusaid P., va Tohir N.,lar Qarshi tuman “Cho`li ota” massividagi fermer xo`jaligiga tegishli 4 gektar er maydonini ijaraga olib, tarvuz poliz ekinini etishtirish maqsadida issiqxona tashkil qilishadi. Toshkent shahridan kelib, ushbu issiqxona shiyponida yashab hamda ishlab yurib, 2021 yilning 23 fevral kuni soat 21:00 larda 39 yoshli Abdusaid P., va Tohir N.,lar qarz oldi-berdi munosabatlari yuzasidan bir-birini haqorat qilib janjallashib qolishgan. Natijada, Tohir N., Abdusaid P.,ning ustiga chiqib uni urayotgan vaqtida, Abdusaid P., uning chap dumba sohasiga oshxona pichog`i bilan urib jarohat etkazgan. Natijada Tohir N., shifoxonaga etib kelguniga qadar vafot etgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Abdusaid P.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi bilan bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.






