Ayni damda "Bunyodkor" stadioni o`z xarajatlarini qoplay olmaydi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev stadion o`z-o`zini ta`minlay olishi uchun "Bunyodkor" stadionini o`z otalig`iga oladi. Bu haqda olamsport.com xabar berdi.
"Oxirgi yillarda Toshkentning "Bunyodkor" klubi moliyaviy tomonlama qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Dastlabki bosqichda aynan stadionni ushlab turish yangi homiy zimmasiga o`tadi. Arena kelajakda faqat futbol o`yinlaridan emas, balki turli ko`ngilochar tadbirlardan daromad topadigan bo`ladi",–deyiladi xabarda.