Mamlakatimizning qator viloyatlarida Rossiya Federasiyasining ko`plab ish beruvchi korxonalariga fuqarolarni tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish maqsadida o`tkazilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolar Rossiya hududiga kirish uchun ruxsatnomalar olingach, ushbu davlatda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo`nab ketmoqda.
Suhbatlardan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolardan 331 nafari 25 fevralda, 62 nafari 26 fevralda Rossiya Federasiyasining “PIK Industriya” AJ, “Texstroy” va “Ant Yap” MChJlarda ishlash uchun Toshkent va Namangan xalqaro aeroportlari orqali uchib ketdi.
Rossiyada ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizga aeroportda tegishli tushuntirishlar berilib, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatildi.
Yurtdoshlarimiz belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli ob`ektlarda ish boshlaydi.






