AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda havo harorati biroz ko`tariladi

'Bugun O`zbekistonda havo harorati biroz ko`tariladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 28 fevralda kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo`nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 7-12° iliqgacha isiydi.

Toshkentda havo kam bulutli bo`ladi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 8-10° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliqgacha ko`tariladi.

    Boshqa yangiliklar