Toshkent shahri. 2020 yilning oktyabr oylarida Koreya Respublikasi fuqarosi 59 yoshli Kim Eon Sun Mirobod tumani Afrosiyob ko`chasida joylashgan vaqtincha yashash xonadonida bo`la turib, 37 yoshli Sanjar X., ning ishonchiga kirib uni Koreya davlatiga ishga yuborishini va`da qilib, jami 57 000 AQSh dollar pul mablag`larini aldov yo`li bilan olib, bergan va`dasini bajarmagan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Kim Eon Sunga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
Hozirda mazkur holat bo`yicha tergov harakatlari davom etmoqda.






