Yaqinda mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning Namangan viloyatiga tashriflari chog`ida «Bunyodkor» mahallasiga borgani va u erdagi haqiqiy holatni o`z ko`zlari bilan ko`rgani, xalq bilan bevosita muloqot qilgani barcha OAVlar orqali namoyish etildi. Mazkur tashrifdan so`ng fasebook ijtimoiy tarmog`idagi "XALK NAZORATI - NARODNIY KONTROL" guruhida prezidentning mamlakatimiz rahbarining “Namanganga tashrifidan so`ng” deb izoh berilgan fotosurat joylashtirildi va bu holat ko`plab omma e`tiborini mulohazalarga chorladi.
Yunusobod tuman xokimligi Tahliliy-nazorat guruhi rahbari, O`zbekiston “Adolat” SDP a`zosi Muslimbek TURDIEVning ma`lum qilishicha, aslida mazkur fotodagi jarayon Nakanune.RU axborot xizmati tomonidan e`lon qilingan xabarda bundan 2 yil oldin, ya`ni 2019 yil yanvar oyida Rossiya Federasiyasi Sverdlovsk viloyati Gagarin ko`chasi ro`y berganligi aytilgan. Qayd etilishicha, mazkur 3 qavatli inshoot sifatsiz ta`mirlanishi natijasida ustki qoplamasi ko`chib tushgan va maxalliy aholi tomonidan suratga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.
– Mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan islohotlar mohiyatini tushunib etmagan yoki tinch-totuvligimizni ko`rolmay unga rahna solishga urinayotgan kimsalar ijtimoiy tarmoqlarda turli hil bo`xtonlar uyushtirib, jamoatchilikni chalg`itishga urinmoqda. Xalqimizda “Qing`ir ishning qiyig`i 40 yilda ham chiqadi”, degan purma`no naql bor. Ammo bugungi shiddatli zamonda bunday ishlarning umri 40 soatga ham bormayotganligining guvohi bo`lib turibmiz. Ko`rib turganizdek, holat aslida xorijda yuz bergan va ijtimoiy tarmoqlarga joylangan. Buni esa ayrim chaqqon ig`vogarlar “o`zimizniki” qilib yopishtirishga urinmoqda. Mamlakatimizda so`z erkinligi bo`yicha amalga oshirilayotgan islohotlardan foydalangan fikri buzuq kimsalar omma e`tiborini salbiy ruhda fikrlashga undamoqda. Ularni bir so`z bilan vatanimiz, xalqimiz, bugungi taraqqiyotimizning dushmanlari deb e`tirof etish o`rinli. Xalqimizni bunday yovuz kimsalarning fikrlariga chalg`imaslikka, har bir xodisaga aniq mezon asosida to`g`ri yondashishlari kerak ekanligiga chorlab qolaman, , – deydi Muslimbek TURDIEV.






