AsosiyJamiyat

Samarqanddan Toshkentga olib kirilayotgan 270 kg sifatsiz go`sht ushlab qolindi

'Samarqanddan Toshkentga olib kirilayotgan 270 kg sifatsiz  go`sht ushlab qolindi'ning rasmi

Joriy yilning 26 fevraldan 27 fevralga o`tar kechasi Samarqand viloyati IIB PPXvaJTSB Karantin tadbirlarini ta`minlash bo`linmasi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o`tkazilgan. 

Viloyat hududida xizmat olib borayotgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida soat 22:00da, “Samarqand-Toshkent” yo`nalishida harakatlanib kelayotgan Samarqand shahar, G`.Jamshid ko`chasida yashovchi 1991 y.t. fuqaro O`.O boshqaruvida bo`lgan “Lasetti”ning salon va yukxonasida veterinariya-sanitariya talablariga rioya etilmasdan hech qanday hujjatlarsiz taxminan 270 kg. go`sht mahsulotlari  borligi aniqlangan.

Mazkur go`sht mahsuloti iste`molga yaroqliligini tekshirish maqsadida viloyat veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasiga namunalar olinib, vaqtinchalik saqlash uchun “Samarqand sifat go`sht” MChJga qarashli muzxonasiga joylashtirilgan.

Hozirgi kunda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar