AsosiyJamiyat

Bugun, bahorning ilk kunida ob-havo qanday bo`ladi?

'Bugun, bahorning ilk kunida ob-havo qanday bo`ladi?'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun, 1 martda kunduz kuni O`zbekistonda bahoriy iliq ob-havo bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo`nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 13-18° iliqgacha isiydi.

Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-17° iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8° iliqgacha ko`tariladi.

    Boshqa yangiliklar