"Uzbekistan Airways" AJ yo`lovchilari 1 mart sanasidan boshlab aviakompaniya qatnovlariga onlayn-ro`yxatdan o`tish xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Aviakompaniya xabarida aytilishicha yo`lovchilar endi uyda, ofisda va internetga ega bo`lgan har qanday qulay joydan ro`yxatdan o`tishlari mumkin. Hozirda mazkur xizmat " Uzbekistan Airways " AJning faqat mahalliy qatnovlariga taqdim etilmoqda.
Onlayn ro`yxatdan o`tish uchun aviakompaniyaning www.uzairways.com veb-saytida "ro`yxatdan o`tish" tugmasini bosing.
Onlayn ro`yxatdan o`tish parvozdan 24 soat oldin ochiladi va 120 daqiqa oldin yopiladi.






